Пойтахтимиз яна бир жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади

Joriy yilning 10-14 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida sambo bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu jahon chempionati mamlakatimizda ilk marotaba o'tkazilishi bilan ham ahamiyatlidir. Jahon chempionati bahslarida O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari o'zining to'liq tarkibi bilan ishtirok etadi.

Yodingizda bo'lsa, sambochilarimiz yaqinda Hindiston davlati mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishgandi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 11 oktyabr sanasiga belgilangan. 

 

Manba

 

Поделиться 2019-10-02 10:35:30