Юнон-рим курашчиларимиз Осиё чемпионатига чиройли якун ясаб беришди

Kecha Xitoyning Sian shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida yunon-rim kurashi ustalari qit’a chempionligi uchun bahs olib borishdi. Quvonarlisi, ushbu kun doirasida gilamga chiqqan vakillarimiz ham musobaqani yuqori notada yakunlashdi.

-60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan vakilmiz Islom Bahromov barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionligini tantana qildi. Ta’kidlash joiz, kecha o‘tkazilgan bellashuvlarda Islomning ukasi Ilhom Bahromov ham oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, -97 kilogramm vazn toifasida Jahongir Turdiyev kumush medaliga egalik qildi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda qirg‘izistonlik Uzur Juzupbekovga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa yunon-rim kurashi bo‘yicha terma jamoamiz musobaqada 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan ushbu yo‘nalish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqada jami jamg‘arilgan medallar esa 2 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzani tashkil etmoqda.

Поделиться 2019-04-29 16:28:10