Universiada

Birinchi «Universiada - 2000» musobaqalarida Namangan viloyati 1-o‘rin, Toshkent - I jamoasi 2-o‘rin va Samarkand viloyati 3-o‘rin nasib etgan bo‘lsa, kuchli oltilikdan Toshkent - II jamoasi, Andijon, Farg‘ona viloyatlari joy olishgan.

«Universiada -2000» dasturidagi sportning 9 turidan g‘oliblar quyidagicha: basketbol bo‘yicha (erkaklar o‘rtasida) - Buxoro viloyati, (ayollar o‘rtasida) Samaqand viloyati, voleybol bo‘yicha (erkaklar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, (ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, futbol bo‘yicha - Namangan viloyati, tennis bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, stol tennisi bo‘yicha - Farg‘ona viloyati, shaxmat bo‘yicha - Samarkand viloyati, milliy kurash bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, belbog‘li kurash bo‘yicha - Namangan viloyati, yengil atletika bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi erishishdi. Namangan shahrida zamonaviy sport inshootlari barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda sport bilan shug‘ullanuvchi aholiga xizmat qilib kelmokda. «Universiada» g‘oliblari medallar, diplomlar va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi, jamoalarga va g‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi 15 ta «TIKO» rusumli yengil avtomashina berildi. Kichik «Olimpiada»ga aylangan bu musobaqa xalqaro ekspertlar e’tirof etgandek, hech bir mamalakatda qayd etilmaganligi bilan tarix saxifalaridan joy oldi.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan «Universiada-2002» musobaqasining final bosqichida Toshkent shahridan 3 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 13 ta jami 16 ta jamoa sportning 12 turidan 2265 talaba, shundan 1456 yigitlar 809 qizlar ishtirok etgan.

Jamoalar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent-I egallagan bo‘lsa, 2-o‘rni mezbonlar ­Buxoroga nasib etdi, 3-urinni Namangan viloyati qo‘lga kiritdi. «Universiada -2002» musobaqasida kuchli oltilikdan Farg‘ona, Toshkent -II, Samarkand jamoalari o‘rin olishdi.

«Universiada -2002» dasturidagi sport turlari buyicha o‘rinlar ya’ni: 1-o‘rinni basketbol bo‘yicha (erkaklar va ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, futbol bo‘yicha - Buxoro viloyati, voleybol (erkaklar va ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, tennis bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, stol tennisi bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, shaxmat bo‘yicha - Samarqand viloyati, milliy kurash bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, belbog‘li kurash bo‘yicha - Andijon viloyati, yengil atletika bo‘yicha -Toshkent-I jamoasi, suzish bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, qo‘l to‘pi bo‘yicha - (erkaklar va ayollar) o‘rtasida Toshkent-I, dzyudo bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi egallashdi.

«Universiada -2002» musobaqasida g‘oliblarni taqdirlash uchun medallar, diplomlar va qimmatbaho sovrinlar va xomiylar tomonidan sovg‘alar topshirildi. G‘olib terma jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi 3 ta «DAMAS» rusumli avtomashina sovg‘a kilindi.

«Universiada -2002» musobaqalarini o‘tkazish uchun Buxoro shahridan 20000 kishilik stadion jahon standartlariga mos qilib qurildi. Musobaqalarning ochilishi, yopilishi, yengil atletika musobaqalarning ushbu uyingohda tashkil qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.

«Universiada -2004» sport musobaqalari final bosqichi musobaqalarida Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri jamoalari ishtirokini tahlil qilinganda, Respublika hududlarida joylashgan 61 ta oliy ta’lim muassasalarida mazkur musobaqa «Nizom»i asosida «Universiada -2004» sport musobaqalarining 1-bosqichi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan musobaqalarida 130000 nafar (81600 nafar yigitlar va 49000 nafar qizlar) talabalar ishtirok etgan.

Toshkent shahrida 2007 yil 21-24 iyun kunlari «Universiada -2007» sport musobaqalari 12 ta sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda jami 146212 talaba shundan, 52635 qizlar va 93577 yigitlar ishtirok etgan. Musobaqa davomida 212 ta oltin, 212 ta kumush va 234 ta bronza medallar komplekti qo‘lga kiritilgan.

«Universiada -2007» sport musobaqalari davomida birinchi o‘rinni Toshkent shahar, ikkinchi o‘rinni Namangan va uchinchi o‘rinni Samarqand viloyatlari terma jamoalari qo‘lga kiritishgan.

«Universiada -2010» sport musobaqalari Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan. Musobaqalarda mamlakatimizning barcha hududlarini 14 ta terma jamolar ishtirok etishdi. «Universiada -2010» sport musobaqalarida 176 ta oltin, 176 ta kumush va 191 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.

Musobaqalarning yakuniny natijalariga ko‘ra, umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahar, ikkinchi o‘rinni Andijon shahri va uchinchi o‘rinni Navoiy viloyati sportchilari egallashdi. «Universiada -2010» sport musobaqalari g‘oliblariga tantanali ravishda Prezident sovrinlari - "Damas" avtomobili kaliti taqdim etildi. Turli sport turlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni namoyon qilgan sportchilar diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi. Unda jami 12 ta sport turlari bo‘yicha jami 151360 ta ishtirokchilar ishtirok etishgan.

Buxoro shahrida 2013 yilda «Universiada -2013» sport musobaqalari 12 ta sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda jami 156000 talabalar shundan, 57720 qizlar va 98280 yigitlar ishtirok etgan.