Yashil maydon malikalari 2017

O‘zbekiston ayollar futboli assotsiatsiyasi tashabbusi bilan har yili o‘tkazib kelinayotgan «Yashil maydon malikalari» futbol turniri boshlandi.

Bahslar doirasida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi. Xususan, qizlar futbolini rivojlantirish, havaskor sportchilarning mahoratini yuksaltirish maqsadida bir qator bellashuvlar joriy etilgan. “Yashil maydon malikalari” respublika musobaqasi shulardan biridir.

10-14 sentyabr kunlari turnirning mintaqaviy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa O‘zbekiston hududining 4 ta qismida bo‘lib o‘tmoqda, ular Guliston, Qarshi, Urganch va Farg‘ona shaharlarini o‘z ichiga olgan. 24-27 sentyabr kunlari musoboqaning final bosqichi Namangan shahrida o‘tishi rejalashtirilgan.

Musobaqaning yakuniy bosqichida saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashgan to‘rtta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Поделиться 2017-09-12 15:57:19