O‘zbekiston U-16 termasi “Qozog‘iston prezidenti kubogi”da bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Talgar shahrida 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida “Qozog‘iston prezidenti kubogi” turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

8 sentyabr kuni Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar termasi Qozog‘istonga qarshi uchinchi o‘rin uchun bahs olib borib, 4:1 hisobida zafar quchdi va musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoa 3000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli bilan ham taqdirlandi.

 

Musobaqaning final bellashuvida Rossiya va Gruziya o‘smirlari o‘zaro kurash olib bordi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida esa omad rossiyaliklar tomonida bo‘ldi - 5:4.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi Ruslan Roziyev musobaqaning eng yaxshi hujumchisi deb topildi va unga maxsus sovrin topishirldi.

 

O‘zbekiston futbol federatsiyasi

Поделиться 2017-09-11 09:55:32