Sportchilarimiz Tailandda katta g‘alabani qo‘lga kiritdilar

Joriy yil 4-8 sentyabr kunlari Tailandning Pattayya shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Chempionati musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada respublikamiz milliy terma jamoasining 16 nafar tajribali sportchilari ishtirok etdi. Ularga tajribali murabbiylarimiz Sh.Ganiyev va V.Didrixlar rahbarlik qildilar

Osiyodagi eng nomdor va yuksak mahoratli eshkak eshuvchi sportchilar va sportchi jamoalar ishtirok etadigan ushbu chempionat milliy terma jamoamiz uchun katta muvaffaqiyat olib keldi. Chempionat natijasi bo‘yicha shiddatkor sportchilarimiz1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronzamedallarini qo‘lga kiritdilar.

Mamlakatimiz hisobiga yozilganoltin medalni 2000 metrlik masofaga bo‘lgan murosasiz bahslarda Sardor To‘lqinxo‘jayev va Alisher Turdiyevlar juftligi qo‘lga kiritdi. LM2 qayig‘ida bahslarda qatnashgan Tohir Rahmatov va Shaxzod Nasriddinovlar finish chizig‘iga ikkinchi bo‘lib yetib kelib,kumush medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

M4 qayig‘ida to‘rt kishilik ekipajda bellashuvga kirishgan Otamurod Raximov, O‘ktamjon Davronov, Farrux Astanov, Doston Baxriyevlar yana birkumush medalni terma jamoamiz hisobiga yozishni uddaladilar.

LM1 qayig‘ida yakkalikdagi musobaqalarda qatnashgan Shaxboz Xolmirzayevbronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 O’zbekiston «Rowing & Canoe» Federatsiyasi

Поделиться 2017-09-11 09:50:01