O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar va Kanada yoshlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 terma jamoasi 21-27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi.

Yig‘in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Doha shahridagi yig‘inga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Umidjon Ergashev;

Himoyachilar: Akram Komilov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Husniddin G‘ofurov, Islomjon Qobilov, Dostonbek Tursunov;

Yarim himoyachilar: Hurshid G‘iyosov, Azizjon G‘aniyev, Doston Ibragimov, Javohir Sidiqov, Jasurbek Yaxshiboyev, Abdujamol Isroilov, Jamshid Yusupov, Nurillo To‘xtasinov, Javohir Qahramonov;

Hujumchilar: Andrey Sidorov, Zabihillo O‘rinboyev, Begzod G‘anijonov.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini O‘zbekiston U-22 terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Манба

Поделиться 2017-03-18 14:33:36