U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bugun, 17 mart kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2018 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a’zo 40 mamlakat terma jamoasi G‘arbiy va Sharqiy mintaqaga bo‘lingan holda qur’ada ishtirok etdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 termasi “D” guruhi (G‘arbiy mintaqa)dan joy olib, saralash bosqichida BAA, Livan va Nepal termalariga qarshi bahs olib boradi.

 

2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi shu yilning 15-23 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-22 termasining saralash uchrashuvlari Birlashgan Arab Amirliklarda bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichida 1-o‘rinni egallagan 10 terma jamoa hamda 2-pog‘onani egallagan eng yaxshi 5 jamoa final bosqichida mezbon - Xitoyga qo‘shiladi. Agar Xitoy o‘z guruhida birinchi o‘ringa ega bo‘lsa, 2-o‘rinni egallagan eng yaxshi 6-jamoa final bosqichiga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning final bosqichi 2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda o‘tkaziladi.

Manba

Поделиться 2017-03-17 17:29:29