Plyaj futboli bo‘yicha 2017 yilgi Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ning shtab-kvartirasida 10 yanvar kuni plyaj futboli bo‘yicha Osiyo chempionati-2017 turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion - Ummon hamda Livan va Tailand termalari bilan birgalikda “B” guruhidan joy oldi.

“A” guruhida Eron, Bahrayn, Xitoy, Malayziya va Afg‘oniston o‘zaro bahs olib borsa, “C” guruhida Yaponiya, BAA, Iroq va Qatar termalari bir-biri bilan kuch sinashadi.

Plyaj futboli bo‘yicha Osiyo chempionati 2017 yilning 4-11 mart kunlari Malayziyaning Trenganu shahrida bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, har bir guruh g‘olibi hamda guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi bitta jamoa yarim finalga chiqadi.

Musobaqa 1-3 o‘rinlarni egallagan terma jamoalar plyaj futboli bo‘yicha Bagam orollarida shu yilning 27 aprel - 7 may kunlari o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 51 o‘rinni egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari o‘rtasida O‘zbekiston termasi 10 pog‘onada bormoqda.

Manba

Поделиться 2017-01-12 09:37:50