Futbolni tushunmaganlar Shomurodov haqidagi gapirmasin!

 

Eldor Shomurodov legioner sifatida murakkab davrni boshdan o'tkazyapti. Kuchli beshlik chempionatlarida o'z o'rnini topish hech kimga oson bo'lmagan. A Seriya ham bejizga eng kuchlilar qatoriga kiritilmagan.

O'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan futbolchi sifatida Eldor Shomurodov ham o'zi duch kelayotgan qiyinchiliklar, muammoalar, sinovlar va ayniqsa, turli bosimlarni yengib o'tishi shart. Yevropa futboliga kirish oson emas. Bu hamma biladigan haqiqat.

Shuning uchun ham o'zbekistonlik legioner ko'plab mutaxassislar, agentlar, muxlislar etibori va diqqat markazida turgani tabiiy hol. o'z navbatida, Eldor haqidagi fikrlar, taxminlar va tahlillar ham turlicha bo'lmoqda. Xalqimizda “hamma o'z qarichi bilan o'lchaydi”, degan gap bejizga aytilmagan.

Yaqinda italiyalik mashhur agent Marko Trabukki Shomurodov haqida o'z fikrlarini bildirgan edi.

 

 

Manba

Поделиться 2020-11-30 12:04:31