Mashhur sport sharhlovchisi Akrom Toshxo'jaev olamdan o'tdi

 

Bugun, 29 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasida xizmat kO'rsatgan jurnalist, mamlakatda shaxmat sportining rivojiga salmoqli hissa qwshgan inson, taniqli sport sharhlovchisi Akrom Toshxwjaev 66 yoshida olamdan  o'tdii. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Akrom Toshxo'jaevning butun mehnat faoliyati O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasida o'tgan. Uzoq yillar “O'zbekiston” telekanalida, 2004 yildan to nafaqaga chiqqunga qadar “Sport” teleradiokanalida ishlagan.

 

Ma'lumot o'rnida, Akrom Toshxo'jaev O'zbekistonlik birinchi va hozircha yagona jahon chempioni (kattalar o'rtasida) Rustam Qosimjonovning chempionlik toji uchun o'tkazgan o'yinlarini yuksak saviyada sharhlagan edi.

 

 

Manba

 

Поделиться 2020-11-30 11:33:29