Salomatlikni saqlashda nafas olish mashqlari

Respirator kasalliklari nafas olish tizimiga, shu jumladan oʻpkaga zararli taʼsir koʻrsatishini hamma biladi. Shu bois nafas olish tizimini kuchaytirish kerak. Bunga oddiy mashqlar yordam beradi, bunda siz nafaqat jiddiy kasalliklardan keyin iloji boricha tiklanasiz, balki kelajakda ulardan xalos boʻlishingiz mumkin, chunki ular virusli infeksiyalar profilaktikasi sifatida xizmat qiladi.

Odatda, nafas olish harakatlari ritmik, yaʼni, teng vaqt oraliqlari orqali takrorlanadi. Sogʻlom odamning nafas olish chastotasi (NOCH) daqiqasiga 14-18tani tashkil etadi. Agar bu koʻrsatkich pastroq boʻlsa, unda bardoshli va chiniqqansiz. Agar NOCH meʼyoriy darajadan yuqori boʻlsa, unda bu jiddiy signaldir, yaʼni oʻpkangiz kerakli miqdordagi kislorodni olmaydi. Shuning uchun nafas olish tizimini iloji boricha tezroq kuchaytirish ishlarini boshlash kerak.

Xoʻsh, qanday qilib toʻgʻri nafas ololasiz? Eng muhim qoida – sport bilan shugʻullanayotgan paytda ham, faqat burun bilan nafas olish lozim. Agar ogʻzingizdan nafas olsangiz, yuragingiz tez ura boshlaydi va qon bosimi koʻtariladi. Bundan tashqari, odam ogʻiz orqali nafas olsa, uning tanasiga koʻplab kasallik qoʻzgʻovchi mikroblar kiradi. Burundan nafas olish, aksincha, qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi, kislorod miqdorini oshiradi, nafas olish tezligini pasaytiradi va oʻpkaning umumiy hajmini oshiradi.

Nafas olish gimnastikasi, agar muntazam mashq qilinsa, boshqa koʻplab holatlarda ham sizga yordam beradi: vahima qoʻzgʻash, oshqozon buzilishi va astma xurujlarida.
Ammo OʻRI kasalligi davrida nafas olish mashqlari qatʼiyan toʻgʻri kelmasligini yodda tutish kerak.

Mashgʻulotlar toʻliq tuzalgandan keyin davom etishi mumkin.
Shuni taʼkidlash kerakki, mutaxassislar pnevmoniya va koronavirus infeksiyasini boshdan kechirganlarga nafas olish mashqlarini bajarishni maslahat berishadi. Bu ularga qoldiq simptomlarni yoʻq qilishga va oʻpka funksiyasini tiklashga yordam beradi.

 

Manba

Поделиться 2020-06-02 16:25:42