Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining medallar taqsimotida qanday oʻzgarishlar yuz berdi?

2021-yilga qoldirilgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Rio-2016 Paralimpiya oʻyinlari bilan solishtirganda oʻynaladigan medallar toʻplamida ham ayrim oʻzgarishlar yuz berdi.

Masalan, Para kanoe boʻyicha Rioda 6 ta medallar toʻplami oʻynalgan boʻlsa, Tokioda ushbu sport turiga yana 3 ta medallar toʻplami qoʻshiladi va jami hisobda 9 ta boʻladi.
Quyida medallar borasida shu va boshqa oʻzgarishlar bilan tanishib olishingiz mumkin:

Para kanoe: Rio-2016 da 6 ta, Tokio-2020 da 9 ta
Para atletika: Rio-2016 da 177, Tokio-2020 da 168 ta
Para oʻq otish: Rio-2016 da 12 ta, Tokio-2020 da 13 ta
Para suzish: Rio-2016 da 146 ta, Tokio-2020 da 152 ta
Para stol tennis: Rio-2016 da 29 ta, Tokio-2020 da 31 ta
Para triatlon: Rio-2016 da 6 ta, Tokio-2020 da 8 ta
Aravachadagi qilichbozlik: Rio-2016 da 14 ta, Tokio-2020 da 16 ta.

 

Manba

Поделиться 2020-06-02 16:15:22