Jaloliddin Masharipov Yevropaga yoʻl olishi mumkin. Daʼvogar klub “Paxtakor” soʻragan pulni berishga tayyor

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi aʼzosi Jaloliddin Masharipov Yevropaga yoʻl olishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning karadeniz gazetasi xabar tarqatdi.

Manbaning maʼlum qilishicha, “Trabzonspor” klubining sobiq futbolchisi Shota Arveladze boshqarayotgan “Paxtakor” klubidagi yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov Yevropaga yoʻl olishni va “Trabzonspor” libosini kiyishni xohlamoqda.

“Sherlar” futbolchi uchun Turkiya klubidan 2 million yevro soʻragan. “Trabzonspor” esa Masharipov uchun har qanday pulni berishga tayyor.

 

 

Manba

 

Поделиться 2020-06-01 16:39:28