Rasman! La Ligani boshlashga ruxsat berildi

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches La liga o‘yinlarini 8 iyundan boshlashga ruxsat berdi. Musobaqa mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgandi.

Ispaniya qilishi kerak bo‘lgan ishni qildi. Hammaga yangi gorizontlar ochiladi. Odatiy hayotga qaytish vaqti keldi. 8 iyundan La Liga qaytadi, - deb Bosh vazir gapidan iqtibos keltirmoqda El Pais nashri.

Avvalroq, La Liga 12 iyundan boshlanishi mumkinligi aytilgandi. 

 

Manba

Поделиться 2020-05-23 18:43:27