Markaziy Osiyodagi yagona chim ustida hokkey stadioni holati o‘rganildi

Markaziy Osiyodagi yagona chim ustida hokkey stadioni holati o‘rganildi

Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yana-da ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va pandemiya munosabati bilan ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh viloyatda o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Kecha ishchi guruh tomonidan kunning ikkinchi yarmida Andijon shahri bo‘ylab jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar va sport maktablarida shug‘ullanayotgan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ulardan sport turlari bo‘yicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish bo‘yicha qilingan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ishchi guruh vakillari, jumladan Andijon shahar sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida bo‘lishib, unga qarashli «Barkamol avlod» sport majmuasining bugungi holatini o‘rganishdi.

Ushbu sport majmuasida chim ustida hokkey bo‘yicha jahon standartlariga to‘la javob beruvchi Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan stadion mavjud bo‘lib, bu yer ushbu sport turi bo‘yicha shug‘ullanayotgan yoshlar va O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun asosiy baza hisoblanadi.

O‘n mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy ko‘rinishdagi ushbu stadionda chim ustida hokkeyni rivojlantirishda zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

 

Manba

 

Поделиться 2020-05-23 17:43:23