O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va FILJKAM o‘rtasida shartnoma imzolandi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hamda Italiya yakkakurash sport turlari (FILJKAM) federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Ushbu hamkorlik shartnomasining tamal toshi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilovning Italiyaga tashrifi chog‘ida qo‘yilgan edi. O‘shanda A.Kamilov Rim shahrida Italiya yakkakurash sport turlari (FILJKAM) va dzyudo federatsiyalari prezidenti Domeniko Falkoni, bosh kotib Massimiliano Benuchchi, texnik direktor Kiyoshi Murakami, Italiya kurash (o‘zbek kurashi) federatsiyasi prezidenti Vittorio Jorji bilan ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Ushbu o‘zaro hamkorlik rishtalari rasman, qonuniy jihatdan kuchga kirdi. Har ikki federatsiya rahbarlari koronavirus pandemiyasi sabab shartnomaga masofadan turib imzo chekishdi.

 
Поделиться 2020-05-19 22:45:24