Sitora Hamidovani tabriklaymiz!

Bugun yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sitora Hamidova oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sitora Hamidova 1989-yil 12-may kuni Termiz shahrida tugʻilgan. Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari va Indoneziyada oʻtgan (2018) Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi. 10 ming metr, yarim marafon va marafon yoʻnalishlarida yugurish boʻyicha ixtisoslashgan sportchimiz faoliyati davomida koʻplab nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. Hamidova koʻp karra Oʻzbekiston chempioni, shuningdek, 10 ming metr va yarim marafon yoʻnalishlarida mamlakat rekordchisi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Sitora Hamidovani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik, uzoq umr va ulkan zafarlar tilab qoladi.

Поделиться 2020-05-12 18:07:57