2021-yilgi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi 6-Osiyo oʻyinlariga mezbon aniqlandi

Osiyo Olimpiya Kengashi 2021-yilda Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi 6-Osiyo oʻyinlarini (AIMAG) oʻtkazish yuzasidan ushbu musobaqani qabul qilish istagida boʻlgan mezbonlar bilan videoaloqa orqali shartnoma imzoladi. Unga koʻra mazkur yoʻnalishdagi Osiyo oʻyinlari 2021-yilning birinchi yarmida Tailandning Bangkok va Pattayya shaharlarida oʻtkaziladi. Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi musobaqalar sportning 24 turi boʻyicha oʻtkaziladigan boʻldi.

– Biz Tailandning Milliy olimpiya qoʻmitasi va Tailand Qirolligi hukumati koʻp yillar davomida Osiyo Olimpiya harakatini faol qoʻllab-quvvatlab kelayotganligini juda qadrdlaymiz, – dedi Osiyo Olimpiya Kengashining prezidenti shayx Axmad al-Faxad as-Sabax. – Bu yerda 2005-yilda yopiq binolarda, 2009-yilda esa Jang sanʼati turlari boʻyicha birinchi Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtgan edi. Tailand hamma vaqt bu Oʻyinlarning salohiyati va ommaviyligiga munosib baho berib kelgan. Shuning uchun ishonchimiz komilki, Oʻyinlar 2021-yilda ham muvaffaqiyatli oʻtadi.

Tailand Milliy Olimpiya qoʻmitasining prezidenti, Bosh vazir oʻrinbosari general Pravit Vongsuvon Tailand Qirolligi nomidan Osiyo Olimpiya Kengashiga Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi 6-Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish huquqini bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. U Bangkokda 2005-yilda yopiq binolarda birinchi Osiyo oʻyinlarini, 2009-yilda esa Jang sanʼati boʻyicha birinchi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilganligini, endi ular qitʼaning birlashgan nufuzli musobaqalarining mezboni boʻlish sharafiga ega boʻlganliklaridan mamnunliklarini bildirdi.

Maʼlumki, yopiq binolarda Osiyo oʻyinlari 2005-yilda Bangkokda (Tailand), 2007-yilda – Makkaoda (Xitoy), 2009-yilda – Xanoyda (Vyetnam) boʻlib oʻtgan. Jang sanʼat turlari boʻyicha birinchi Osiyo oʻyinlari 2009-yilda Bangkok (Tailand) oʻtkazilgan. Shundan soʻng har ikki yoʻnalish birlashtirildi va Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari nomini oldi.

2013-yilda bu musobaqa Incheonda, 2017-yil esa Turkmanistonning Axshobod shahrida oʻtkazildi.

AIMAGning 24 sport turiga yopiq binolarda yengil atletika, bilyard, bouling, raqs sporti, shaxmat, mini-futbol, roliklarda uchish/alpinizm, kichik basseynda suzish (25 metr), tay boksi, jiu-jitsu, velotrek, Malayziya voleyboli, kurash, florbol, netbol, taekvondo, yopiq binoda xokkey, karate, kibersport, badminton, penchaksilat, cherliding, sambo, mexanik eshkak eshish kiradi.

 

Manba

Поделиться 2020-05-04 18:47:14