Xalqaro kamondan otish federatsiyasi musobaqalarni sentyabrgacha toʻxtatdi

Ayni paytda yuzaga kelgan karantin sabab barcha xalqaro tashkilotlar oʻz musobaqalarini toʻxtatganidan xabaringiz bor. Hozirda xalqaro turnirlar qachondan boshlanishi koʻpchilik uchun qiziqarli boʻlib turibdi.

Xalqaro kamondan otish federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi barcha yoʻnalishdagi xalqaro musobaqalarni sentyabr oyigacha oʻtkazmaslik haqida qaror qabul qildi. Musobaqalar esa mart oyidan toʻxtatilgan edi. Taʼkidlash joiz, ushbu sport turi boʻyicha terma jamoamiz iyun oyida Berlin (Germaniya) shahrida oʻtadigan jamoaviy yoʻnalishda Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi litsenzion musobaqaga hozirlik koʻrayotgan edi.

Yana bir eʼtiborli jihati, agar mamlakatdagi vaziyat ijobiy boʻlsa, xalqaro tashkilot iyul oyidan boshlab oʻtkaziladigan ichki chempionatlarni tan olishini ham taʼkidlab oʻtgan.

 

Manba

Поделиться 2020-05-04 18:36:19