Karatechilarimiz onlayn kata boʻyicha bahs olib borishmoqda

Karantin kunlari sportchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ular orasidagi sogʻlom raqobatni yana-da kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi (WKF) onlayn musobaqa tashkil qilmoqda. Bu bellashuvlar kata mashqlari boʻyicha olib boriladi.

 

Unda ishtirok etishni istaganlar uy sharoitida tasvirga olingan kata mashqini 28-apreldan 3-may kuniga qadar @Rj_azik telegram foydalanuvchisiga joʻnatishlari kerak boʻladi. Toʻplangan videolar hakamlar va murabbiylardan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Manba

Поделиться 2020-05-01 16:42:05