Oʻzbekistonlik zamonaviy beshkurashchilar “LASERHOMERUN” xalqaro onlayn musobaqasida ishtirok etishadi
29-aprel kuni Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi #LaserHomeRun onlayn loyihasini yoʻlga qoʻyayotgani haqida maʼlum qilgan edi. Xabar berganimizdek, mazkur musobaqada barcha yosh toifasidagi koʻngillilar qatnashishi mumkin. Shunda ishtirokchilar oʻz yosh toifalarida turli kardio-mashgʻulotlarni bajarishgach, lazerli toʻpponchadan oʻq otishlari kerak boʻladi. Oddiy sharoitdagi Laser Run musobaqasida oʻq otish yugurish mashqidan soʻng amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi esa xalqaro tashkilotning tashabbusini qoʻllab-quvvatladi va quyidagi tarkibda ishtirok etishni rejalashtirdi: ⠀⠀
1. Bahromjon Gaziyev – Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi.
⠀
2. Alise Faxrutdinova – Tokio Olimpiadasi litsenziati.
⠀
3. Aleksandr Savkin – Tokio Olimpiadasi litsenziati.
⠀
4. Violetta Zarali – Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi.
⠀
5. Sadriddin Kobiljonov – yoshlar terma jamoasi aʼzosi.
⠀
6. Bogdan Uljayev – yoshlar terma jamoasi aʼzosi.
⠀
7. Yaroslav Uljayev – yoshlar terma jamoasi aʼzosi.
⠀
8. Kira Soy – yoshlar terma jamoasi aʼzosi.
⠀
9. Iskander Gulyamov – yoshlar terma jamoasi aʼzosi.
Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi matbuot xizmati
