Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi sportchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini taʼsis etdi

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (World Athletics) koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy inqiroz sharoitlarida sportchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 500 ming dollar miqdorida jamgʻarma taʼsis etganligini eʼlon qildi.

“Jamgʻarma orqali xalqaro musobaqalar bekor qilinishi tufayli daromadlarining salmoqli qismini yoʻqotgan yengil atletikachi sportchilarga ikki yil davomida yordam koʻrsatiladi”, – dedi tashkilot rahbari Sebastyan Koe.

Jamgʻarma uchun mablagʻni uning faxriy raisi boʻlgan Monako knyazi Alber II ajratdi. Jamgʻarmadan yordam puli olish uchun sportchi mintaqalararo ekspert guruhiga koʻrib chiqish uchun tegishli buyurtma berishi kerak.

“Shu yil oxirigacha birorta musobaqa oʻtkazishga umid qilmoqdamiz. Shunga qaramasdan iloji boricha koʻproq sportchilarga yordam koʻrsatishga harakat qilamiz”, – dedi Sebastyan Koe.

Ilgari Yevropa yengil atletika federatsiyasi koronavirus pandemiyasi sababli Yevropa chempionatini bekor qilinganini aytib oʻtgan. Bu musobaqa 26-30-avgustda Parijdagi “Sharletti” stadionida oʻtkazilishi moʻljallangan edi. Eslatib oʻtamiz, tashkilot Tokio Olimpiadasining surilishi sabab 2021-yilga moʻljallangan jahon chempionatini 2022-yilga koʻchirgani haqida rasmiy maʼlumot bergan.

Manba

Поделиться 2020-04-30 17:01:32