Artur Taymazov Vladikavkazdagi oʻzbek talabalariga yordam koʻrsatdi

Ayni paytda yuzaga kelgan karantin insonlarning bir-biriga boʻlgan mehr-muhabbat hissini yana-da kuchaytirmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Barchaning uy sharoitida boʻlishi sabab koʻplab soha vakillari doimiy daromadidan ayrilmoqda. Bu hol, ayniqsa, chet eldagi hamyurtlarimiz uchun bir muncha qiyinchilik tugʻdirmoqda.

Erkin kurash boʻyicha koʻp karra Olimpiada va jahon chempioni hamyurtimiz Artur Taymazov ham xayrli ishga qoʻl urdi. Gap shundaki, kurashchimiz hozirda Rossiya Federatsiyasining Vladikavkaz shahridagi Shimoliy Kavkaz togʻ-metallurgiya institutida tahsil olayotgan va oʻsha yerdagi yotoqxonada qolgan oʻzbek talabalariga oʻz hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim qildi.

«Bu yotoqxonada 100 nafarga yaqin oʻzbekistonlik talabalar ham istiqomat qilishadi. Oʻzbekiston mening ikkinchi vatanim, men sevadigan davlat ekanligini hamma biladi. Mening butun sport faoliyatim Oʻzbekiston bilan bogʻlangan. Men bu ajoyib mamlakatni, oʻzbek xalqini yoqtiraman. Shunday ekan bu yigitlarning hayotini eʼtiborsiz qoldirib ketish notoʻgʻri boʻlar edi. Agar bizning yaqinlarimiz ham Oʻzbekistonda shunday qolib ketishganida, shak-shubha yoʻqki, bu xalq ularni eʼtibordan chetda qoldirmas edi. Oʻzbekiston – eng mehmondoʻst mamlakatlardan biri. Karantindan keyin nasib qilsa, bir oʻtirib osh damlaymiz, – deydi Artur Taymazov.

Manba

Поделиться 2020-04-29 16:49:07