10 ta eng noodatiy sport trenajyori

Koʻpchiligimiz fitness zalida standart jihozlar toʻplami giri, gantellar va blin-shtangalarini koʻrib odatlanganmiz. Mashq jarayoni murakkab va mashaqqatli boʻlib tuyuladi. Ammo, agar kreativ boʻlsangiz va ijodiy yondashsangiz, ushbu jarayon qiziqarli boʻlishi mumkin. Yirik sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar buni yaxshi bilishadi. Shuning uchun jadal rivojlanayotgan bozor va shiddatli raqobat sharoitida ular barcha yangi va gʻayrioddiy jihozlarni taklif qilmoqdalar.
Bugun sizga uyda ham zavq bilan shugʻullanishga imkon beradigan eng nostandart sport trenajyorlari haqida gapirib beramiz.

IQflow trenajyori

 

Odamlar sport bilan kam shugʻullanishi sabablaridan biri bu “fitness burchagi” yaratish uchun joy yetishmasligidir. Bu muammoni IQflow trening bloki bilan hal qilish mumkin. Trenajyor mebel koʻrinishida yasalgani bois u har qanday interyerga mos keladi. Bundan tashqari, u mashqni dasturlash uchun portativ kompyuterga ega. Ularning har biri ishlab chiqaruvchi tomonidan tizimga kiritilgan. IQflow turli mushak mashqlarini qilishga imkon beradi, ammo bu bir muncha qimmatga tushadi – taxminan 8000 dollar.

Fit Wet

 

Tez-tez vanna qabul qilish va vazn yoʻqotish koʻplab ayollarning kundalik maqsadi. Endi bu Fit Wet gidro-velotrenajyor tufayli buning imkoni bor. Ushbu uskuna vanna va gidro-massaj vositasini birlashtiradi. Bu yerda mashq qilish odatdagidan koʻra koʻproq energiya talab qiladi, chunki suv ostida pedalni aylantirish ancha qiyin. Ammo bu qoʻshimcha vaznlardan tezda xalos boʻlishga imkon beradigan dalildir. Tadqiqot natijalariga koʻra, Fit Wetda 30 minutlik mashq klassik mashqlar velosipedida ikki soatlik mashgʻulotga teng samaradorlikka ega.

TrekDesk

Koʻpincha sport zalidagi mashaqqatli kunlarda kuch qolmaydi. Buni oʻz tajribasidan koʻrib, Amerikaning eng mashhur ishlab chiqaruvchilardan biri TrekDeskni yaratdi. Trenajyor yugurish yoʻlakchali ish stoli shakliga ega va bir vaqtning oʻzida ikkita narsani bajarishga imkon beradi: ish va yurish. TrekDesk yana-da qulay boʻlishi uchun istalgan shakli va balandligini belgilab, oʻzingiz uchun uslubga mos holga keltirasiz. Ishlab chiquvchining fikriga koʻra, mashq qilishning bu usuli mutlaqo vazifalardan chalgʻitmaydi. Chunki yurish mexanik boʻlib, aqliy jarayonga bogʻliq emas. U bilan kunlik 10000 qadam yurish normasiga atigi 3 soat ichida erishish mumkin.

GymyGym

 

TrekDeskning yana bir analogi GymyGym trenajyoridir. Ushbu kreslo-ofis turli mushak guruhlariga qaratilgan 16 ta trenajyorni oʻz ichiga oladi va sizga koʻp kuch sarflamasdan mashq qilishga imkon beradi.

“Chiroq” velotrenajeri

 

Bugungi kunda koʻp sohalarda barqarorlik va xavfsizlik birinchi oʻrinda turadi. Shu sababli, koʻpchilik ishlab chiqaruvchilar raqobatbardosh boʻlish uchun bu haqiqatni hisobga olishga harakat qilishadi. Shunday qilib, italiyalik Jionata Gato ekologik toza trenajyorlarni yaratish haqida oʻyladi va 2010-yilda oʻzining gʻayrioddiy dizayn loyihasini – “Lampa” velotrenajyorini taqdim etdi.
Gʻoya juda sodda: “Yorugʻliksiz qolishni istamasangiz, pedalni bosing!” Buning uchun trenajyor diodli chiroqqa ulangan. Ikki daqiqali mashgʻulotda hosil boʻlgan elektr energiyasi taxminan 30 daqiqaga kifoya qiladi.

Treadmill Bike

 

Anchadan beri velosipedda yurish va yugurish eng keng tarqalgan kardio mashgʻulotlar sirasiga kiradi. Bicycle Forest kompaniyasi eng koʻp talab qilinadigan ikkita mashqni bittaga birlashtirishga qaror qildi va Treadmill Bikeni ishga tushirdi. Ixtiro pedallar oʻrniga yugurish yoʻlagi boʻlgan velosiped shaklida boʻladi. Shunday qilib, odam shunchaki yuradi va shu bahona velosiped minadi. 

Home Fitness

 

Sport jihozlarini mebel qatiga yashirish gʻoyasi qanchalik muhimligini bilib, chexiyalik dizayner Lyusi Koldova hamyonbop Home Fitness trenajyori toʻplamni taklif qildi. Aynan: shkaf-turnik turli oʻlchamdagi ustunlardan iborat. Bundan tashqari, unga stul biriktirilgan boʻlib, u brusya yordamida aylantiriladi. Ushbu harakat koʻkrak mushaklari va tritsepslar rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Trenajyor sotuvga chiqarilgandan soʻng Praga sanʼat, arxitektura va dizayn akademiyasi Lyusi jamlanmasiga yuqori baho berdi.

Trenajyor-poyafzal

 

Oddiy shippaklar boldirlarni mustahkamlashning ajoyib usuli boʻlishi mumkin, deb kim oʻylabdi? Albatta, xitoylik ixtirochilardan boshqa hech kim. Ushbu samaraga erishish uchun ular shippak poshnasini yechib oldilar, taglikning shaklini oʻzgartirdilar. Ushbu struktura yurish paytida oyoq mushaklarini taranglashtiradi – aks holda muvozanatni saqlash uchun ishlamaydi. Buning yordamida dumba, boldir va hatto tizza mushaklari yaxshilanadi.

Oʻqsiz velotrenajer

 

Bir kuni italiyalik dizayner Luka Skyeppatida nostandart dizaynga ega funksional sport jihozi yaratish gʻoyasi tugʻilib qoldi. Shunda u haqiqiy asar – oʻqi boʻlmagan Ciclotte velotrenajeri ixtiro qildi. Ammo boshqa tomondan, u gʻildirak, rul, sensorli ekran, shuningdek uglerod tolasi, poʻlat va shisha toladan yasalgan pedallarga ega. Displey yuklamani oson oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.

Vacu Activ

 

Suv mashq qilishni qiyinlashtirishini bilamiz. Xuddi shu narsa kapsulada sodir boʻladi. Vakuum qon aylanishini yaxshilaydi. Bu esa tananing son, dumba va qorin boʻshligʻida yogʻni tezroq kamayishga olib keladi. Barotrenajyor Vacu Activ mashqlar mashinasi aynan shu tarzda ishlaydi.

 

Manba

Поделиться 2020-04-29 16:41:34