Odil Ahmedov birga toʻp surgan futbolchilardan iborat ramziy jamoasiga faqat bir nafar oʻzbekistonlik futbolchini kiritdi
OʻFA matbuot xizmati Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedovning oʻzi birga toʻp surgan futbolchilardan iborat ramziy jamoasini eʼlon qildi.
Faoliyati davomida “Paxtakor”, “Anji”, “Krasnodar”, “Shanxay SIPG” klublarida toʻp surgan 32 yoshli futbolchi ramziy jamoasiga bor yoʻgʻi bir nafar oʻzbekistonlik futbolchi – Aleksandr Geynrixni kiritdi.
Odil Ahmedovning ramziy terma jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon: Andrey Dikan
Himoyachilar: Andrey Yeshenko, Andreas Grankvist, Yuriy Jirkov
Yarimhimoyachilar: Roman Shirokov, Lassana Diara, Oskar, Villian, Xalk.
Hujumchilar: Samuel EtoʻO, Aleksanrd Geynrix.
Bosh murabbiy: Andre Villash-Boash.
