Kuniga 20 daqiqa va siz chidamlisiz! Kun mashgʻuloti

Siz uchun “GERAKLION” jamgʻarmasi bosh murabbiyi Yevgeniy Bogachyov tomonidan tayyorlangan hamma uyda bajara olish mumkin boʻlgan noyob mashgʻulot topdik.

Ushbu “toʻplam” qoʻllar, koʻkrak qafasi, son va qorin mushaklarini shakllantiradi va chidamliligingizni sezilarli darajada oshiradi.

Asosiysi, ularni kichik intervallarda bajarish va har davrda 80-marta takrorlash lozim. Toʻplamni hozirgi jismoniy holatingiz izn beradigan qismlarga ajrating.

“Masalan, agar siz 30 soniyada atigi 10 ta qoʻlni bukib-yozish mashqi(otjimaniye)ni bajara olsangiz, boshqa elementlarga ham oʻting: oyoqni koʻkrak tomonga 25-marta koʻtarish, 25-marta press mashqi (sitap) va 20 ta sakrab turish. Shunday qilib, siz mashqni jami 80-marta takrorlay olgan boʻlasiz”. – deydi Yevgeniy.

Aytgancha, agar hali ham “otjimaniye”larni qanday qilishni bilmasangiz, bu muhim emas, siz dastlabki holatni ishonchli boshlab oling. Lekin tizza yerda boʻlishi kerak. Shunday qilib, bu osonroq boʻladi.

Manba

Поделиться 2020-04-28 18:12:04