Oʻzbekistonda fransuz boksi “Savat” assotsiatsiyasi tashkil etildi

Mamlakatimizda yakkakurash sport turlarini aholi oʻrtasida yana-da ommalashtirish boʻyicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yurtimizda yakkakurash sport turlari soni yana bittaga koʻpaydi.



Yaqinda Oʻzbekiston fransuz boksi “Savat” assotsiatsiyasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtdi va maxsus guvohnomaga ega boʻldi. Shuningdek, assotsiatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazildi.



Yangi assotsiatsiyaning raisi etib, Chori Mirzayev, bosh kotib lavozimiga esa Shuhrat Xoʻjayev saylandi, deya xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.



Maʼlumot uchun, Fransiya davlati milliy merosi hisoblanadigan “Savat” sport turi paydo boʻlganiga 300-yildan koʻproq vaqt boʻlgan.

Manba

Поделиться 2020-04-27 18:19:55