“Buxoro” murabbiyi “Paxtakor”ning 1-goliga e’tiroz bildirdi. Chindan ham qoida buzilganmidi?

“Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev “sherlar”ning birinchi goli urilayotgan pallada qoida buzilgan bo‘lishi mumkinligini, o‘sha holatni ko‘rib chiqish kerakligini va ba’zi savollari borligini aytgandi.

Sports.uz sayti ushbu o‘yinni tasvirga olgan va bizning ob’ektivimizga murabbiy e’tibor bildirgan kadr tushgan. Nazarimizda, tojikistonlik mutaxassisning fikrlari to‘g‘riga o‘xshaydi. Chunki Dragan Cheran to‘pga sakrayotganda ikkala qo‘lini raqibga qo‘ygani aks etgan.

2 mart kuni Superligada 1-tur yakunlangach, O‘FA hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan uchrashuvlardagi bahsli vaziyatlar tahlil qilingandi va bu ish har doim o‘tkazilishi ta’kidlangandi. Bu tur yakunlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilsa, Cheranning urgan birinchi golida qoida buzilgan yoki yo‘qligini mutaxassislar izohlab berishadi.

 

 

Manba

Поделиться 2020-03-12 14:32:28