VARni qumsab, "Paxtakor" tomonidan do‘pposlangan "Navbahor", bunday o‘yinga tayyor bo‘lmagan Andrey Kanchelskis shogirdlari

“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis matbuot anjumanida bildirgan fikrlarining to‘liq ko‘rinishi bilan tanishing?

Birinchi navbatda “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. O‘ylashimcha hakam uchrashuvni sindirdi. Birinchi bo‘limda tengga-teng o‘ynagan vaqtimizda ustunlikka ega bo‘ldik. Ammo chetlatish yakuniy natijaga ta’sir etdi. Inson omili bois bo‘ladigan xatolarni tushunamiz, lekin bunday yaqqol xato qilish munosib emas.

Hayot davom etadi. Kelgusi bahslarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Hali yana bir nechta futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirganmiz. “Paxtakor”ga OChLda omad tilayman. Uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimizga rahmat aytaman.

Agar VAR bo‘lsa, mana shunday noxush holatlar, xatolarning oldi olingan bo‘larmidi...

Birinchi taymmda Egor Krimets ikki oyog‘ining tagi bilan futbolchimizga tashlandi. Bu yaqqol qizil kartochka edi.

Ikkinchi bo‘limni esa futbol emas, bizni do‘pposlash deyishim mumkin. 10 ta futbolchi bo‘lib himoyalandik, hisobni ushlashga harakat qildik. Lekin...

Bir kishi kam jamoa charchab qoladi. Bu jismoniy holat bilan bog‘liq. Jamoa himoyalanishga majbur bo‘ladi. Dunyoning istalgan jamoasida bunday vaziyat kuzatiladi. Chunki ko‘proq gol o‘tkazib yuborishni istamaydi. Agar hujumga o‘tganimizda, 5 ta gol qo‘yib yuborishimiz mumkin edi. Biz «Paxtakor»ga qarshi bunday futbol o‘ynashga tayyor emasmiz. Lekin o‘yinimiz va futbolchilarimdan mamnunman, - dedi Andrey Kanchelskis.

 

Manba

Поделиться 2020-02-28 11:57:52