O‘zbekiston milliy jamoasi BAAga yo‘l oldi, ikki futbolchi yig‘inga bormadi

O‘zbekiston milliy jamoasi 18-24 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazadi. 

«Vadim Abramov mazkur yig‘inga 21 nafar futbolchi chaqirgan edi. Lekin Abduvohid Ne'matov hamda Sardor Qulmatov sog‘ligi bilan biroz muammosi bor ekani sabab ushbu yig‘inda ishtirok etmaydigan bo‘ldi» - deyiladi manbada.

Yig‘in doirasida Belarus milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. Uchrashuv 23 fevral kuni Sharjadagi «Al-Hamriya» stadionida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov, Abdumavlon Abdujalilov.
Himoyachilar: Yegor Krimets, Umarbek Eshmurodov, Islomjon Qobilov, Husniddin Aliqulov, Murod Xolmuhammedov, Oleg Zoteyev, Akbarjon Ismatullayev.
Yarimhimoyachilar: Sharof Muxitdinov, Sanjar Qodirqulov, Jasurbek Jaloliddinov, Oybek Bozorov, Azizbek Turg‘unboyev, Abrorbek Ismoilov.
Hujumchilar: Igor Sergeyev, Bobir Abdixoliqov, Humoyun Murtazoyev, Shoxruz Norxonov.

 

Manba

Поделиться 2020-02-21 17:22:03