Elmurat Tasmuradov besh karra Osiyo chempioni bo‘ldi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

«Musobaqani klassik kurashchilar boshlab berishdi. Bugungi bahslarda milliy jamoamizning ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgacha yetib kelishdi. Afsuski, Ortiqboyev hal qiluvchi bellashuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Elmurat Tasmuradov esa finalda koreyalik Jingsu Songga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shu tariqa Tokio-2020 lisenziati 5 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Yana bir vakilimiz Bekzod Umarov -77 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun qirg‘izistonlik Renat Iliaz Uluga imkoniyatni boy berib qo‘ydi» - deyiladi manbada.

Hindiston. Nyu-Dehli. Osiyo chempionati. 
Final:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev – Puya Nosirpur (Eron) 0:8
-63 kg: Elmurat Tasmuradov – Jinsu Song (Janubiy Koreya) 9:0

Bronza medali uchun:
-77 kg: Bekzod Umarov – Renat Iliaz Ulu (Qirg‘iziston) 0:5.

 

Manba

Поделиться 2020-02-21 17:10:00