Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi kim?

Havaskor boksda Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Isroil Madrimov professional boksda o‘zining beshinchi jangini venesuelalik Charli Navarroga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Hozirgacha o‘tkazgan 4 ta jangining barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan iqtidorli bokschimiz Interkontinental kamari egasi hisoblanadi.

Madrimovning raqibi Navarro professional boksda hozirgacha 38 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 29 tasida g‘alabani qo‘lga kiritgan va ularning 22 tasida raqibini nokaut holatiga tushirgan. Shuningdek, u ring maydonini 9 marotaba mag‘lub holda tark etgan.

Ma’lumot uchun, ushbu jang joriy yilning 29 fevral kuni AQShning Texas shtatidagi Frisko shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

Manba

Поделиться 2020-02-06 10:40:30