Dzyudochi yigitlarimiz to’liq tarkibda Tokio-2020ga yo’llanma beruvchi hududga kirishdi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi ortda qolgan Tel-Aviv Gran-prisidan so’ng dzyudochilarning yangilangan Olimpiada reytingini e’lon qildi. Garchi mazkur musobaqada vakillarimiz sovrindor bo’la olishmagan bo’lsalar ham, mazkur reyting uchun qimmatli ochkolarni jamg’arishdi. Xususan, -90 kilogramm vazn toifasida Davlat Bobonov Isroildagi natijasidan keyin (5-o’rin) Tokio-2020 ga yo’llanma beruvchi zonaga kirishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa, onlayn holat bo’yicha erkaklar terma jamoamiz to’liq tarkibda Tokio Olimpiadasiga yo’llanma beruvchi pog’onaga joylashdilar. Ayollar o’rtasida esa 2 nafar vakilimiz litsenziya hududida. Batafsil:

-60 kg:
1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 5350 ochko
2(2). Sharofiddin Lutfillaev (O’zbekiston) – 4667 (yo’llanma zonasida)
20(17). Diyorbek O’rozboev – 1948 ochko (yo’llanma zonasida)
43(46). Kemran Nurillaev – 869 ochko (yo’llanma zonasida emas)

-66 kg:
1. Manuelь Lombardo (Italiya) – 5392 ochko
21(19). Sardor Nurullaev – 2076 ochko (yo’llanma zonasida)
27(26). Shahram Ahadov – 1561 ochko (yo’llanma zonasida)

-73 kg:
1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 5379 ochko
13(12). Hikmatilloh To’raev – 2870 ochko (yo’llanma zonasida)

-81 kg:
1. Sagi Muki (Isroil) – 5644 ochko
15(16). Sharofiddin Boltaboev – 2357 (yo’llanma zonasida)
22(21). Kamoliddin Rasulov – 1968 (yo’llanma zonasida)

-90 kg:
1. Nikoloz Sherazadashvili (Ispaniya) – 6851 ochko
31(31). Davlat Bobonov – 1547 ochko (qit’aviy kvota)

-100 kg:
1. Guxam Cho (J.Koreya) – 5220 ochko
21(20). Muhammadkarim Xurramov – 2073 (yo’llanma zonasida)

+100 kg:
1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 6171 ochko
13(13). Bekmurod Oltiboev – 2774 ochko (yo’llanma zonasida)
31(31). Alisher Yusupov – 1380 ochko (yo’llanma zonasida emas)

Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Frantsiya) – 5455 ochko
21(30). Diyora Keldiyorova – 2093 ochko (yo’llanma zonasida)

-70 kg:
1. Maria Eve Gaxe (Frantsiya) – 5150 ochko
26(24). Gulnoza Matniyazova – 2024 ochko (yo’llanma zonasida)

Eslatma!
– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o’tilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda yetakchi va unga eng yaqin vakillarimiz ko’rsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo’llanma zonasida bo’lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federatsiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yig’ish 2020 yilning 30 may sanasida yakunlanadi.

Manba

Поделиться 2020-01-29 17:26:27