Zohid Kenjaev Germaniyadagi turnirni g’alaba bilan boshladi

Kecha Germaniyaning Magdeburg shahrida stol tennisi bo’yicha “German Open” xalqaro musobaqasi start oldi. 3 nafar vakilimiz mazkur turnirda o’z ishtirokini boshlagan bo’lsa, ulardan faqat Zohid Kenjaev birinchi davradan muvaffaqiyatli o’tdi.

Vakilimiz livanlik Toriq Mahrumga qarshi bahsda deyarli qarshilikka uchramadi va 4:0 hisobida g’alaba qozondi. Afsuski, Abdulaziz Anorboev hamda Islombek Sultonov ilk bellashuvdayoq imkoniyatni boy berishdi. Kenjaev endi ikkinchi davrada ukrainalik Lei Kou bilan ro’baro keladi.

Поделиться 2020-01-29 17:11:35