«Keyrushni O'zbekistonga chaqirmoqchi edilar, ammo u 6-7 million yevro maosh so'radi»

«Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran Serbiyaning «Mozzartsport» nashriga bergan intervyusi davomida Wzbekiston milliy jamoasiga Karlos Keyrushni chaqirmoqchi bwlganlari haqida gapirib wtdi.

«Ektor Kuper milliy jamoa ruhiyatini wzgartirishga urindi, ammo bu foyda bermadi. Futbolchilar katta wyinlarda wzlarini ywqotib qwygandek twp surishdi. Kuper istefoga chiqarilgach, mahalliy murabbiy tayinlandi. Wzbekistonga Karlos Keyrushni chaqirmoqchi bwlishdi, ammo uning talabiga kwnishmadi. Keyrush yiliga 6-7 million yevro maosh swradi, ular esa bu shartga kwnishmadi» - deydi suhbat davomida Dragan Cheran.

Eslatib wtamiz, Eron milliy jamoasini 2011 yildan buyon boshqarib kelgan Karlos Keyrush 2019 yilda jamoani tark etgach, kwp wtmay Kolumbiya milliy jamoasi bosh murabbiy sifatida ish boshladi.

 

Мanba

Поделиться 2020-01-15 11:43:36