Shveysariyadagi qishki o‘smirlar Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchi ham ishtirok etadi

 9-yanvar kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida navbatdagi qishki o‘smirlar Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Unda Valeriya Kovalyova tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. 

Uchinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur Olimpiya o‘yinlarida 70 mamlakatdan kelgan 15-18 yosh oralig‘idagi sportchilar ishtirok etadi. 

Bu galgi musobaqada yosh sportchilar biatlon, chang‘i poygasi, xokkey, tog‘ chang‘isi, figurali uchish, chang‘i ikki kurashi, short-trek kabi 16 sport turida 81 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.  

Musobadaqa Valeriya Kovalyova tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Valeriya 10-15-yanvar kunlari slalom, gigant-slalom, super-gigant va Alp kombinatsiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha chiqish qiladi. Olimpiya o‘yinlari 22-yanvarda nihoyasiga yetadi.

Lozanna – 2020 qishki Olimpiadasining ochilish marosimi suv sporti turlari, qilichbozlik va stol tennisi bo‘yicha bazalarni ham o‘z ichiga olgan yangi “Malley” muz arenasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu arena zamonaviy jihozlangan asosiy, mashg‘ulot va ochiq muz maydonlariga ham ega. 

Ma’lumot uchun, Lozanna shahri rasman Olimpiya poytaxti deb ham yuritiladi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, shuningdek, bir qator xalqaro sport federatsiyalarining shtab-kvartirasi aynan ushbu shaharda joylashgan.

 

Manba

Поделиться 2020-01-09 10:22:51