Toshkent viloyatida o‘smirlar o‘rtasida boks sport turidan respublika bosqichi o‘tkazildi

Nurafshon shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabida 5–8-yanvar kunlari o‘smirlar o‘rtasida Boks sport turi bo‘yicha “14-yanvar Vatan himoyachilar kuni”ga bag‘ishlab respublika turniri o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati Xabardor.uz’ga ma’lum qildi.

Musobaqada 180 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent shahar va Toshkent viloyatining barcha tumanlaridan sportchi yoshlar ishtirok etdi.

G‘olib va sovrindorlar Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Komiljon Adilov tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

1 – o‘rin Toshkent viloyati (Nurafshon jamoasi);
2 – o‘rin Andijon viloyati;
3 – o‘rin Namangan viloyati vakillariga nasib qildi.

 

Manba

Поделиться 2020-01-09 10:09:28