O‘zbekistonlik bokschi xalqaro reytingda kuchli o‘nlikdan joy oldi

“The Ring” jurnali yarim o‘rta vazn toifasining yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingda o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov sakkizinchi o‘rinda qayd etildi. 

Yangilangan reytingning birinchi o‘rnidan WBC va IBF kamari sohibi Errol Spens joy olgan. Undan keyingi o‘rinlarda Terens Krouford va Menni Pakьyao o‘rin olgan.
Ushbu vazn toifasida Qudratillo Abduqahhorov 8-pog‘onaga joylashtirilgan. 

1. Errol Spens (26-0-0, 21 KO), AQSh
2. Terens Krouford (36-0-0, 27 KO), AQSh
3. Menni Pakyao (62-7-2, 39 KO), Filippin
4. Kit Turman (29-1-0, 22 KO), AQSh
5. Shon Porter (30-3-0, 17 KO), AQSh
6. Denni Garsiya (35-2-0, 21 KO), AQSh
7. Yordenis Ugas (24-4-0, 11 KO), Kuba
8. Qudratillo Abduqahhorov (17-0-0, 9 KO), O‘zbekiston
9. Sergey Lipines (16-1-0, 12 KO), Rossiya
10. Egidiyus Kavalyauskas (21-1-0, 16 KO), Litva 

 

Manba

Поделиться 2020-01-09 10:02:43