Tojikiston milliy jamoasi himoyachisi «Bunyodkor»ga o‘tadi

Tojikiston milliy jamoasi va «Xo‘jand» klubi himoyachisi Davronjon Ergashev faoliyatini «Bunyodkor»da davom ettiradi. Bu haqda Tojikiston chempionati kumush medallari sovrindori bo‘lgan klub matbuot xizmati xabar berdi.

31 yoshli Ergashev 2019 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Tojikiston chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb topilgan edi. Endi u «Bunyodkor»ga OChL guruh bosqichiga chiqish uchun ko‘maklashadi.

Qayd qilish joizki, Davronjon Ergashev turli yillarda «Regar-TadAZ», «Istiqlol», «Jyetisu», «Taraz» (har ikkalasi — Qozog‘iston) va «Gabala» (Ozarboyjon) klublarida ham o‘ynagan. Tojikiston milliy jamoasi safida 50ta o‘yinda maydonga tushgan.

 

Manba

Поделиться 2020-01-07 12:31:25