Litsenzion musobaqa oldidan bokschilarimizga oq yo'l tilandi

Yana bir necha kundan swng boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Xitoyning Uxan shahriga jO\nab ketadi. 2-15 fevral kunlari Uxan shahri boks bwyicha Osiyo qit'asi uchun Tokio olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi. Ayni paytda terma jamoamiz ushbu turnirga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda.

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati terma jamoamiz vakillari bilan uchrashib, masuliyatli musobaqa oldidan sportchilarimizga oq yo'l tilab qolishdi. Bokschilar bilan uchrashuv terma jamoamiz yig’in o'tkazayotgan Angren shahridagi Yangibod bazasida bo'lib o'tdi.

Unda MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi wrinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston boks federatsyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, federaciya mutasaddilari, sportchi va murabbiylar ham ishtirok etishdi. Rustam Shoabdurahmonov uchrashuv davomida terma jamoamiz vakillari bilan ko'rishib, sportchilarimiz bilan yaqindan suhbat wolib bordi. To'kin dasturxon ustida Quroni karimdan tilovat qilinib, bokschilarimizga oq fotiha berildi.

Ma'lumot uchun, bokschilarimiz yig’ini 14 yanvar kuni nihoyasiga yetadi va bir necha kundan swng jamoamiz Xitoy safariga yo'l oladi. Ayni paytda terma jamoamiz vakillarining kayfiyati a'lo va barchalari yuqori sport formasiga chiqib bormoqda.

 

Manba

Поделиться 2020-01-07 12:03:09