Azizjon Komilov Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vitse-prezidenti, dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Komilovni qabul qildi.

Rasmiy uchrashuv Xalqaro federatsiyaning Budapeshtdagi qarorgohida bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida federatsiyalar o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish masalalari muhokama qilindi.

Marius Vizer O'zbekiston dzyudo rivojiga, shuningdek, ikki federatsiya o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga ko'maklashadigan etakchi davlatlardan biri ekanligini ta'kidladi.

O'z navbatida Azizjon Komilovning ta'kidlashicha, O'zbekistonda barcha sport turlariga hukumat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda va barcha g'alabalar ana shu e'tibor samarasidir.

 

Manba

Поделиться 2020-01-07 11:48:20