Ilk bor para-taekvondo bo'yicha Paralimpiya o'yinlariga litsenziya oldik

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Paralimpiya o'yinlari uchun ham sportchilarning yakuniy olimpiada reytingini e'lon qildi. Ahamiyatlisi, Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan para-atletlar orasida terma jamoamiz vakili Guljanoy Naimova ham keltirib o'tildi.

Hamyurtimiz reytingni -58 kilogramm vazn toifasida Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga to'g’ridan to'g’ri yo'llanma beruvchi pog’onada yakunladi. Shu tariqa Guljanoy Naimova para-taekvondo bo'yicha Paralimpiya wyinlariga yo'llanma olgan ilk sportchimizga aylandi.

Bu delegatsiyamizning Tokio-2020 Paralimpiadasi uchun qo'lga kiritilgan o'n oltinchi yo'llanmasi bo'ldi. MOQ bunday natija bilan Milliy Paralimpiya associaciyasini muborakbod etib qoladi.

Malumot uchun, Tokio Paralimpiadasiga osiyo qitasi uchun yo'llanma beruvchi yakuniy turnir 10-12 aprel kunlari Xitoyning Usi shahrida o'tkaziladi.

 

Manba

Поделиться 2020-01-07 10:45:58