VXL. Bogatskiy va Sherbinaning gollari "Humo"ga g‘alaba keltirdi

Toshkentning "Humo" klubi safar uchrashuvlari seriyasida bu safar Almetevskning "Neftyanik" jamoasi mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 24-daqiqada Pavel Novojilov va Roman Tatalinlarning uzatmasidan so‘ng Anton Bogatskiy hisobni ochdi. Bu Anton uchun "qanotlilar" safidagi debyut gol bo‘ldi.

33-daqiqada Igor Merejko raqibni chavgon bilan to‘xtatib qolgani uchun ikki daqiqaga chetlatildi va bu toshkentliklarga pand berdi. Oradan 30 soniya o‘tib mezbonlar muvozanatni tiklashdi. 

Shunga qaramay, Evgeniy Popixin shogirdlari Aleksandr Sherbinaning zarbasidan so‘ng hisobda oldinga chiqib olishdi va amalda aynan jamoa sardori tomonidan kiritilgan shayba amalda mehmonlarga 2 ochko keltirdi.

Bugungi g‘alaba natijasida "Humo" hisobidagi ochkolar soni 42 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 7-o‘rnini saqlab qoldi. 

 

Manba

Поделиться 2019-12-27 12:12:23