Bahodir Jalolov: Tokio Olimpiadasidan yuzimiz yorug‘ bo‘lib qaytib kelish nasib qilsin

“Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” nomiga sazovor bo‘lgan Bahodir Jalolov taqdirlash marosimi, ortda qolgan mavsum va yangi yil haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“2019 yil boksimiz uchun juda ham omadli keldi. Jamoamiz JChda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Men esa musobaqaning eng yaxshi bokschisi bo‘ldim. Qolaversa, muhtaram yurtboshimiz tomonidan “O‘zbekiston iftixori” unvoniga ham sazovor bo‘ldim. Bu yil O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi deb topilganimdan juda ham xursandman. Kirib kelayotgan Olimpiya yilida har bir sportchilarimizga omad tilab qolaman. Iloyim, Tokio Olimpiadasidan yuzimiz yorug‘ bo‘lib qaytib kelish nasib qilsin”, – dedi Bahodir Jalolov.

 

Manba

Поделиться 2019-12-27 11:56:24