Rasman! Anzur Ismoilov “Paxtakor” futbolchisiga aylandi

2003-09 yillarda “Paxtakor” safida o‘ynagan Anzur Ismoilov keyinchalik “Bunyodkor” safiga ko‘chib o‘tgan va shundan so‘ng 8 yil Xitoy Superligasida faoliyat olib borgandi. 2018 yil O‘zbekistonga qaytgan himoyachi nihoyat o‘zi uchun qadrdon sanalgan “Paxtakor”da faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ismoilov hozirgacha “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” tarkibida O‘zbekiston chempioniga aylangan, shuningdek, O‘zbekiston Kubogi va Superkubogida ham muvaffaqiyatga erishgan. Chempionat doirasida "sherlar" safida 68 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urishga erishgan.

“Paxtakor”ga erkin agent sifatida qaytgan Anzur Ismoilov klub bilan uzaytirilishi mumkin bo‘lgan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Anzur ISMOILOV
Tug‘ilgan sanasi: 14.04.1985
Ampluasi: himoyachi
O‘ynagan jamoalari: “Traktor”, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Chanchun Yatay”, “Lokomotiv”.

 

Manba

Поделиться 2019-12-27 11:47:00