Og’ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

 

Koreya Xalq Demokratik Respublikasida og’ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Quvonarlisi, musobaqani terma jamoamiz vakillari muvaffaqiyatli boshlashdi.

Dastlab qizlar o'rtasida Nigora Abdullaeva vazni -49 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar bahsida ikki kurash natijasiga ko'ra kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, yigitlar o'rtasida -73 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda oltin va kumush medallar bizning sportchilarimizga nasib etdi. Bu borada Asadbek Narimonov yakunda 294 kilogramm bilan oltin, 292 kilogramm natija ko'rsatgan Og’abek To'xtaev esa kumush medal bilan taqdirlandi.

 

Manba

Поделиться 2019-10-23 12:24:22