O'zbekistonlik velosportchilar poytaxtga g'alaba bilan kelishdi

 

7-10 oktyabr kunlari Tailandda velosport bo'yicha Osiyo kubogi musobaqalari bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi bittadan oltin va kumush hamda 12 bronza medalni qo'lga kiritdi.

Bugun Osiyo kubogi ishtirokchilari Toshkentga etib kelishdi. Islom Karimov xalqaro aeroportida velosipedchilarni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, velosiped sporti federatsiyasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Endi velosportchilarimiz 17-21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlashadi.

 

Manba

Поделиться 2019-10-09 11:32:54