Isroil Madrimov g'alaba bilan ona shahriga keldi

Professional boksda ketma-ket to'rt g'alabani qo'lga kiritgan va shu tariqa mamlakatimiz obro'sini munosib ravishda oshirgan Isroil Madrimov bugun O'zbekistonga qaytdi. Aeroportda o'tkazilgan tantanali yig'ilishda bokschini O'zbekiston Boks Federatsiyasi rahbariyati, sportchining oilasi va qarindoshlari, OAV vakillari va Isroilni qo'llab-quvvatlagan yuzlab boks muxlislari kutib olishdi.

Eslatib o'tamiz, 5 oktyabr kuni Madrimov Madison Square Garden arenasida (Nyu-York) Meksika vakili Alejandro Barrero ustidan g'alaba qozondi. U raqibini texnik nokautga uchratdi va WBA InterContinental chempionlik kamarini himoya qildi. Qisqa dam olib, Madrimov yana mashg'ulotlarga kirishadi.

 

Manba

Поделиться 2019-10-08 12:00:05