Isroil Madrimov mashhur Madison Square Garden arenasida jang qiladi

5 oktyabr kuni professional bokschimiz Isroil Madrimov o'z jangini meksikalik Alyandro Barreraga qarshi o'tkazadi.

Тa'kidlash joizki, bu Madrimovning professional boksdagi uchinchi jangidir va hamyurtimiz ushbu jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Madrimovning raqibi Alyandro Barrera shu paytgacha ringda 34 marta ringga chiqdi va 29 marta g'alaba qozondi, qolgan 5 marta raqiblariga yutqazdi.

Isroil Madrimov hozir Nyu-Yorkda va jangga tayyorgarlikni yakunlamoqda. E’tiborlisi, kecha Nyu-Yorkning asosiy ko'chalaridan birida bokschimiz mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot davomida ko'plab yurtdoshlarimiz va Madrimovning muxlislari uni qo'llab-quvvatlash uchun hozir bo'lishdi.

Madrimov va Barrera jangi mashhur Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadi, uning ahamiyati jihatidan bu Gennadiy Golovkin (Qozog'iston) va Seregiya Derevenko (Ukraina) o'rtasidagi jangdan keyingi ikkinchi muhim jang hisoblanadi.

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi, Sport telekanali jonli efirda namoyish etiladi.

 

Batafsil

 

Поделиться 2019-10-03 11:31:22